Rasmiy hujjat

Maxfiylik siyosati

Topshirdi foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday yig‘ishi, saqlashi va himoya qilishini ochiq tushuntiradi.

Oxirgi yangilanish: 27 oktyabr 2026Bepul platforma
Maxfiylik va xavfsizlik

Platforma bepul ishlaydi, reklama va to‘lov tizimi yo‘q. Ma'lumotlar faqat ta'limiy xizmatni taqdim etish uchun ishlatiladi.

Asosiy tamoyillar

Bepul platforma

Hozircha xizmatlar bepul va reklamalar yo'q.

Minimal ma'lumot

Telegram orqali kirishda telefon raqam va ism so'ralmaydi, faqat Telegram identifikatori ishlatiladi.

Maxfiylik nazorati

Ismingizni o'zingiz o'zgartirasiz va hisobingizni profil bo'limidan o'chirishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosati bo‘limlari

Qanday ma'lumotlar to'planadi

  • Telegram orqali kirsangiz: Telegram foydalanuvchi identifikatori (ID). Telefon raqamingiz, ismingiz va Telegramdagi boshqa ma'lumotlaringiz so'ralmaydi va saqlanmaydi.
  • Telefon raqam va parol bilan kirsangiz: telefon raqamingiz va parolingiz. Parol faqat shifrlangan ko'rinishda saqlanadi.
  • Ism: ixtiyoriy. O'zingiz yozmasangiz, «Yo'lchivoy» nomi ko'rsatiladi.
  • O'qish va mashq qilish progressi, test natijalari, xatolar va imtihon statistikasi.
  • Xizmat ishlashi uchun zarur texnik ma'lumotlar: kirish sessiyasi va til sozlamasi. Server jurnallarida IP manzil va so'rov vaqti saqlanishi mumkin.

Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz

  • Sizni aniqlash va hisobingizga kirishni ta'minlash
  • Progress va natijalarni saqlash
  • Statistikalarni ko'rsatish
  • Platforma sifatini yaxshilash
  • Ta'lim xizmatlarini taqdim etish

Ma'lumotlarni ulashish

  • Topshirdi foydalanuvchi ma'lumotlarini sotmaydi.
  • Telegram orqali kirish Telegram xizmati orqali amalga oshadi va Telegramning o'z maxfiylik siyosatiga bo'ysunadi.
  • Rasm va fayllarni yetkazish uchun Cloudflare xizmatlaridan foydalaniladi.
  • Boshqa hollarda ma'lumotlar faqat qonun talab qilganda ulashilishi mumkin.

Ma'lumotlar xavfsizligi

  • Parollar shifrlangan holda saqlanadi.
  • Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya qilish uchun oqilona texnik va tashkiliy choralarni qo'llaymiz.

Foydalanuvchi huquqlari

  • Profil bo'limida ismingizni o'zgartirish yoki o'chirish
  • Profil bo'limidan hisobingizni o'chirish (hisob o'chirilganda unga bog'liq ma'lumotlar ham o'chadi)
  • Ma'lumotlarni tuzatish yoki o'chirishni so'rash
  • Support bilan Telegram orqali bog'lanish

Bolalar maxfiyligi

  • Platforma ta'limiy maqsadlar uchun mo'ljallangan.
  • Agar yosh foydalanuvchi platformadan foydalansa, ma'lumotlarni kattalar nazorati ostida ishlatish tavsiya etiladi.

Siyosatdagi o'zgarishlar

  • Topshirdi kelajakda ushbu Maxfiylik siyosatini yangilashi mumkin.
  • Yangilangan versiya shu sahifada e'lon qilinadi.

Biz bilan bog‘lanish